23:38 / 06.11.2015
9093

OAV: A321 “qora qutilari” dvigatelning nosozligi bilan bog‘liq bo‘lmagan portlashni qayd qilgan

Misrda falokatga uchragan Rossiyaning A321 samolyoti bort o‘ziyozgichlarini o‘qish bilan shug‘ullanayotgan tergovchilar “qora qutilar” tomonidan yozib olingan yozuvda dvigatelning nosozligi bilan bog‘liq bo‘lmagan portlash qayd qilinganini ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda France 2 telekanali.

“Samolyot “qora qutilari”dagi yozuv parvoz paytida sodir bo‘lgan portlash ovozini eshitishga imkon beradi”, deb aytdilar tergovchilar.

Tergovchilarning ta'kidlashicha, “shovqin dvigatelning nosozligi oqibati bo‘lmagan”.

Top