14:39 / 06.11.2015
3567

OAV: Ronaldu Blan bilan birga ishlamoqchiligini bildirgan

Fransiyadagi nashrlar YeChLning 4-turida o‘zaro uchashgan "Real" va PSJ bahsidagi bir vaziyatga e'tibor qaratishdi.

O‘yin yakunida Ronaldu parijliklar ustozi Loran Blan bilan quchoqlashib ko‘rishgani va u bilan gaplashgani turli taxminlarni paydo qilgan.

Le Parisien nashrida yozilishicha, mutaxassislar Ronalduning lablari harakati orqali uning nima deganini aniqlashgan.

"Sizning jamoangiz juda ajoyib o‘ynadi. Men ham siz bilan birga ishlashni istagan bo‘lardim". Ronaldu Blanga aynan shunday gaplarni aytgan deb yozadi fransuz nashri.

Shundan keyin Ronaldu o‘z faoliyatini PSJ safida davom ettirishi mumkinligi haqida yana gapira boshlashgan.

Loran Blanning o‘zi o‘yindan keyingi matbuot manjumanida shu xususda berilgan savolga javob qaytarmaslikni ma'qul ko‘rgan.

Qayd etish kerak, bundan oldinroq, Ronaldu jamoani tark etishi mumkinligini istisno qilmasligini bildirib o‘tgandi.

Top