09:08 / 06.11.2015
3618

Obama: AQSh A321 bomba tufayli portlagan degan fikrga “o‘ta jiddiy” yondashmoqda

AQSh prezidenti Misrda qulagan A321 samolyoti “katta ehtimol” bilan o‘z bortidagi portlovchi qurilma tufayli halokatga uchragan, deb ma'lum qilmoqda. Bu haqda CNN telekanali ma'lumotiga asoslnib, Reuters xabar bermoqda.

Amerika prezidenti AQSh Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyotining halokatiga bomba sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan fikrga “juda jiddiy yondashmoqda” deb ta'kidlagan. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Avvalroq AQSh hukumati Misrda qulagan Rossiya samolyoti terakt tufayli halokatga uchragan, degan fikrni istisno qilmayotgani haqida ma'lum qilingan edi.

Top