08:53 / 06.11.2015
4098

OChL-2016. «Plef-off» bosqichining barcha ishtirokchilari nomi ma'lum bo‘ldi

Oliy liga 29-turidan so‘ng Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 2015 yilgi O‘zbekiston chempionatida 4-o‘rinni egallashi aniq bo‘lib ulgurdi.

Shu tariqa, 2016 yilgi Osiyo Chempionlar ligasining g‘arb mintaqasi “pley-off” bosqichida ishtirok etadigan barcha 15ta jamoa nomi ma'lum bo‘lib ulgurdi. Bular:

1.Al-Ittihod” (Jidda, Saudiya Arabistoni)
2.“Naft” (Tehron, Eron)
3.“Bunyodkor” (Toshkent, O‘zbekiston)
4.“Al-Jazira” (Abu-Dabi, BAA)
5.“Al-Shabab” (Dubay, BAA)
6.“Al-Sadd” (Doha, Qatar)
7.“Al-Jaish” (Doha, Qatar)
8.“Naft Al-Vasat” (Najaf, Iroq)
9.“Al-Quva Al-Javiya” (Bog‘dod, Iroq)
10.“Al-Quvayt” (Al-Quvayt, Quvayt)
11.“Al-Vihdat” (Amman, Iordaniya)
12.“Al-Oruba” (Sur, Ummon)
13.“Al-Muharraq” (Muharraq, Baxrayn)
14.“Al-Ahad” (Bayrut, Livan)
15.“Al-Jayish” (Damashq, Suriya)

2016 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi “pley-off” bosqichi xuddi o‘tgan yildagi kabi uchta bosqichdan iborat bo‘ladi. Dastlabki bosqich 27 yanvar kuni o‘tkaziladi va unda oltita jamoa ishtirok etib, uchta g‘olib jamoa nomiga oydinlik kiritishadi. Shundan so‘ng, ikkinchi bosqichda ishtirok etadigan beshta jamoaga birinchi bosqichning uchta g‘olib qo‘shilib, to‘rtta juftlikni tashkil etishadi. Shu tariqa, yana to‘rta jamoa saralab olinadi. Bu o‘yinlar 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Va nihoyat “pley-off”ning yakuniy, uchinchi bosqichida ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan to‘rtta jamoa OFK reytinggida nufuzi balandroq bo‘lgan mamlakatlar klublari bilan ro‘baro‘ keladi. Aniqrog‘i, Al-Ittihod” (Jidda, Saudiya Arabistoni), “Naft” (Tehron, Eron), “Bunyodkor” (Toshkent, O‘zbekiston) va “Al-Jazira” (Abu-Dabi, BAA) klublari yakuniy, uchinchi bosqichdan kurashga qo‘shilishib, ikkinchi bosqichdan muvafaqiyatli o‘tgan to‘rtta jamoani qabul qiladi.

Guruh bosqichiga yo‘llanma beruvchi uchinchi bosqich bahslari 9 fevral sanasiga belgilangan. Guruh o‘yinlari 23-24 fevraldan boshlanadi.

Manba: www.fcbunyodkor.com

Top