09:55 / 06.11.2015
3509

Odil Ahmedov "Krasnodar"ning PAOK jamoasiga qarshi bahsida samarali to‘p uzatishni amalga oshirdi

5 noyabr oqshomida Yevropa Ligasining 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. "S” guruhi vakili “Krasnodar” 4-turni o‘z maydonida Gretsiyaning PAOK klubiga qarshi o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi ilk gol 33-daqiqada Ari tomonidan yo‘llandi va unga golli pasni O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov uzatib berdi. Ikkinchi golni esa Joaozino 67-daqiqada penaltidan kiritdi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqada PAOK Robert Makning goli evaziga hisobni qisqartirdi.

Odil Ahmedov o‘yinning 77-daqiqasida Gazinskiyga almashtirilgan.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Krasnodar” 7 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. PAOK 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etgan. Ozarbayjonning “Gabala” jamoasidan 4:0 hisobida ustun kelgan Dortmundning “Borussiya” klubi 10 ochko to‘pladi va muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Beshinchi turda “Krasnodar” o‘z maydonida aynan guruh peshqadamini qabul qiladi. Bu uchrashuv 26 noyabr kuniga belgilangan.

Krasnodar – PAOK – 2:1 (1:0)

Gollar: Ari, 33 (Ahmedov, 1:0), Joaozino, pen (2:0), Mak, 90+1 (Atanasiadis, 2:1).

“Krasnodar” (Rossiya): Dikan, Kaleshin (Mamayev, 69), Grankvist, Sigurdsson, Petrov, Kabore, Torbinskiy, ODIL AHMeDOV (Gazinskiy, 77), Joaozino, Laborde (Smolov, 63), Ari.

PAOK (Saloniki, Gretsiya): Glikos, Malezas, Rikardu Koshta, Skondras, Golasa (Atanasiadis, 68), Tsavelas (Kitsu, 81), Tsiolis, Xarisis, Rodriges, Sabo (Pelkas, 58), Mak.

Ogohlantirishlar: Torbinskiy, 62, Petrov, 84, Ari, 85 – Rikardo Koshta, 43

Top