19:04 / 06.11.2015
2432

Ogayolik 4 kishi “al-Qoida”ga moddiy ko‘mak berganlikda ayblanmoqda

AQShning Ogayo shtatida istiqomat qiluvchi 4 erkak “al-Qoida” terrorchilarini moliyalashtirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda The Columbus Dispatch nashri yozmoqda.

Ulardan biri Texasda, yana biri Kolumbus shahrida qo‘lga olindi. Qolganlari politsiya tomonidan qidirilmoqda. Prokuratura vakili Mayk Tobinning so‘zlariga qaraganda, qo‘lga olinmagan 2 kishi haligacha AQShning o‘zida berkinib yuribdi.

Politsiyaning fikricha, 2008-2009 yillarda Ogayoda tilga olingan shaxslar radikal targ‘ibotchi Anvar al-Avloqiy uchun mablag‘ to‘plashgan. 2011 yili vafot etgan Avloqiy esa “al-Qoida”ning yetakchilaridan biri hisoblangan.

Top