14:49 / 06.11.2015
5843

O‘zbekiston – KXDR o‘yini chiptalari sotuvga chiqdi

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston – KXDR o‘yini uchun chiptalar 6 noyabr, soat 14:00dan boshlab sotuvga chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Barcha sektorlar uchun chiptalar narxi 15 000 so‘m qilib belgilangan. Faqatgina SIP toifali chiptalar narxi 30 000 so‘m. Barcha chiptalar “Paxtakor” stadioni kassalarida sotilmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida 12 noyabr kuni KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 18:00da boshlanadi. O‘yinni Alirizo Fag‘oni boshchiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda "H" guruhida KXDR terma jamoasi 5ta o‘yinda 13 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston esa guruhdagi raqiblaridan bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Top