07:22 / 06.11.2015
2826

O‘zbekiston elchisi Buyuk Britaniya qirolichasiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2015 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Alisher Kurmanov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bukingem saroyidagi ushbu marosim doirasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi. Yelizaveta II O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati, mamlakatning Buyuk ipak yo‘li davrida hamda Markaziy Osiyoning hozirgi rivojlanishida tutgan o‘rniga o‘z hurmatini izhor etdi va o‘zaro munosabatlarni tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda yanada mustahkamlashdan Britaniya tomoni manfaatdor ekanligini ta'kidladi.

Top