12:26 / 06.11.2015
2267

Pokistonda zavod binosi qulashi natijasida halok bo‘lganlar soni 24 nafarni tashkil etmoqda

Pokistonning Lahor shahrida qulab tushgan zavod binosi xarobalari ostidan 24 kishining jasadi chiqarib olingan. Qutqaruvchilar qurbonlar soni o‘sishi mumkinligini aytishmoqda. Xarobalar ostida yana taxminan 30 kishi qolayotgani aytilgan.

4 noyabr kuni Lahorning Sundar tumanida qulagan ushbu zavod Plastic Industries plastik paketlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan, halokat yuz bergan vaqtda bino ichida 170 nafardan ortiq ishchi bo‘lgan.

Qutqaruvchi guruhlarga boshchilik qilayotgan kapitan Muhammad Usmonning ma'lum qilishicha, xarobalar ostidan 121 kishi chiqarib olingan.

Hududda qutqaruv ishlari yana 2-3 kun davom etishi aytilgan.

Shimoli-sharqiy Panjob viloyati bosh vaziri Muhammad Sharif Shahboz bu hodisa sabablari jiddiy tekshirilishini ma'lum qilgan.

Ushbu fabrikada biroz oldinroq ishchilar tomonidan tinch namoyish o‘tkazilgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan. Zavod rahbari Muhammad Ashraf ham vayronalar ostida halok bo‘lgani tufayli politsiya korxonaning boshqa rahbarlarini izlamoqda.

Top