15:46 / 06.11.2015
2509

O‘zbekiston TIVda Energetika Xartiyasi bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Energetika Xartiyasi bosh kotibi Urban Rusnak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

U O‘zbekistonga 5—6 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun kelgan.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Energetika Xartiyasi Kotibiyati (54 davlat va Yevropa Ittifoqini birlashtirgan) o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida Urban Rusnak iltimosiga ko‘ra, mamlakat energetikasini yanada rivojlantirish, sohani muqobil manbalardan foydalangan holda kompleks zamonaviylashtirishga qaratilgan O‘zbekistondagi ko‘plab davlat dasturlari tatbig‘ining amaliy masalalari to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Uchrashuvda energetika sohasidagi ba'zi mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top