15:17 / 06.11.2015
3146

Washington Examiner: AQSh Xitoy kompaniyalarini “Hizbulloh”ga dronlar yetkazib berishda aybladi

AQSh moliya vazirligi shu hafta payshanba kuni Xitoyning 2ta va Livanning 1ta kompaniyasiga sanksiyalar joriy qildi. The Washington Examiner gazetasining yozishicha, bu kompaniyalar “Hizbulloh” radikal guruhi uchun uchuvchisiz harakatlanuvchi uchar uskunalar ishlab chiqarib berishda ayblanmoqda.

Xitoyning yana bir kompaniyasi Yaman isyonchilariga elektron uskunalar yetkazib berishda gumon qilinmoqda.
“Biz “Hizbulloh”ni xavfli va beqarorlashtiruvchi terrorchi guruh deb hisoblaymiz, shu bois moliya vazirligi bu tashkilotning daromad manbalarini qamrab olish yo‘li bilan unga nisbatan bosimni saqlab qolish niyatida sobitdir”, - dedi bosh kotibning terrorchilik va moliyaviy razvedka bo‘yicha o‘rinbosari Adam Shyubin.

Top