22:55 / 07.11.2015
3071

APLning 12-turi: «MYu» va «Lester»dan navbatdagi g‘alabalar

7 noyabr kuni Angliya chempionatining 12-turi boshlandi. Birinchi kuni 6ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Dastlab "Manchester Yunayted" hamda “Vest Bromvich” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazildi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qilishdi.
O‘yinning 52-daqiqasida Jyessi Lingard o‘zining debyut goli bilan mankunianliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida esa Xuan Mata penaltidan hisobni 2:0 ko‘rinishga olib keldi.

Manchester Yunayted – Vest Bromvich 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 52 Lingard, 2:0 – 90 penalti Mata.
Manchester Yunayted – De Xea, Blind, Roxo (Djyekson, 76), Smolling, Lingard, Yang (Djons, 62), Kerrik, Mata, Shvaynshtayger, Marsyal, Runi (Errera, 82).
Vest Bromvich – Mayxill, Makoli, Evans, Douson, Brant (Makmanaman, 85), Morrison (Beraxino, 72), Makkleyn, Fletcher, Yakob, Sessenon, Rondon (Lambert, 72).
Ogohlantirishlar: Douson (43), Rondon (60), Roxo (61), Brant (65).
Chetlatish: Makoli (90).

Lester – Uotford
“Lester” o‘z maydonida “Uotford”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, o‘zining navbatdagi g‘alabasini tantana qildi. Qayd etish kerakki, liga to‘purari Jyeymi Vardi bu turda ham g‘alaba goliga mualliflik qilib, o‘z gollari sonini 11taga yetkazib oldi. Jamoa hisobidagi ochkolar soni esa 25taga yetgan (3-o‘rin).

Lester – Uotford 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 52 Kante, 2:0 – 65, penalti Vardi, 2:1 – 75, penalti Dini.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter (King, 90), Kante, Marez (Dayyer, 84), Olbrayton, Shlupp (Okadzaki, 46), Vardi.
Uotford – Gomes, Britos, Ketkart, Nom (Diamanti, 76), Anya, Ake, Uotson, Kapu (Paredes, 70), Abdi, Dini, Igalo.
Ogohlantirish: Gomes (65).

Bornmut – Nyukasl
“Nyukasl” safarda “Bornmut“ni kichik hisobda mag‘lub etdi. Ayose Peres tomonidan o‘yinning 27-daqiqasida kiritgan yagona gol mezbonlarga g‘alabani taqdim etdi. Bu "Nyukasl"ning 12 tur davomidagi 2-g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa ochkolari sonini 10taga yetkazib "xavfli hudud"ni vaqtinchalikka tark etgan (16 o‘rin).

Bornmut – Nyukasl 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 27 Peres.
Bornmut – Federichi, Smit, Frensis, Disten, Deniels, Ritchi, Serman, Gosling, Stanislas (Tomlin, 73), Arter (Ranti, 79), King (Kermorgan, 73).
Nyukasl – Elliot, Yanmat, Mbemba, Kolochchini, Dammett, Sissoko, Tiote, Anita (Mbabu, 90), Veynaldum, Mitrovich (Sisse, 63), Peres (Toven, 77).
Ogohlantirishlar: Yanmat (44), Arter (69), Smit (83), Tiote (88).

Vest Hem – Everton
“Vest Hem” o‘z maydonida “Everton” bilan durang qayd etdi. Dastlab, birinchi bo‘limning 30-daqiqasida Lansini hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqaga kelib, Lukaku javob golini kiritdi.

Vest Hem – Everton 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 30 Lansini, 1:1 – 43 Lukaku.
Vest Hem – Adrian, Tomkins, Kressuell, Djyenkinson, Rid, Kuyate, Nobl, Payye (Valensiya, 50; Sarate, 69), Lansini, Mozes, Kerroll (Yelavich, 87).
Everton – Xovard, Stounz, Gellouey, Koulmen, Funes Mori, Makkarti, Berri, Barkli, Deulofeu (Lennon, 83), Kone (Miralyas, 64), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Makkarti (34), Funes Mori (59), Sarate (90).

Norvich – Suonsi
"Norvich" o‘z uyida "Suonsi"ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qildi. Ketma-ket 4 mag‘lubiyatdan keyin g‘alabaga erishgan mezbonlar ayni vaqtda 12 ochko bilan 15-o‘rinda.

Norvich – Suonsi 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 70 Xauson.
Norvich – Raddi, Bennett, Olsson, Uizdom, Bassong, Xauson, Tetti, Xulaxan (Mulumbu, 90), O`Nil, Breydi, Djyerom (Mbokani, 68).
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Teylor, Noton, Uilyams, Sigurdsson (Britton, 78), Shelvi (Eder, 87), Ayyu, Ki Son Yen, Montero (Rautledj, 64), Gomis.
Ogohlantirish: O`Nil (90).

Sanderlend – Sautgempton
"Sanderlend" Sem Ellardays boshqaruvidagi to‘rtinchi uchrashuvda Ronald Kumanning "Sautgempton"ini qabul qildi va kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Endilikda "Sanderlend" 6 ochko bilan 19-o‘rinda, "Sautgempton" esa 20 ochko bilan 7-o‘rinda.


Sanderlend – Sautgempton 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 69, penalti Tadich.
Sanderlend – Pantilimon, Koates, Djons, Yyedlin, Kabul, Djonson, Gomes (Defo, 74), Mvila, Uotmor, Toyvonen (Borini, 46), Fletcher (Roduell, 70).
Sautgempton – Stekelenburg, Fonte, Bertran, Yosida, van Deyk, Uord-Prouz, Klasi (Romeu, 78), Tadich (Kolker, 90), Devis, Mane (Xuanmi, 83), Pelle.
Ogohlantirishlar: Mane (11), Jonson (44), Bertran (74), Pelle (90).

Top