14:39 / 07.11.2015
4144

Bag‘dod va Bobilda vaboga chalinganlar soni 2,2 ming nafardan oshdi

Iroqda vabo avj olmoqda. Mamlakat hududida bu yuqumli xastalikka chalinganlar soni 2 ming nafardan ortgan. Bu haqda TASS nashri BMT vakili Stefan Dyujarikka asoslanib xabar tarqatgan.

Xastalarning aksariyat qismi Bag‘dod shahri va Bobil viloyatida ro‘yxatga olingan. Ularning 20 foizidan ortig‘ini bolalar tashkil qilmoqda.

BMTning Bolalar fondi xabariga ko‘ra, Iroqda bu xastalikdan saqlanish choralari kuchaytirilgan.

Taxmin qilinishicha, bu xastalikning tarqalishiga biroz oldin yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar va suv toshqinlari sabab bo‘lgan.

Top