16:52 / 07.11.2015
2711

Branislav Ivanovich: Biz mavsum yakunidan xavotirlanmayapmiz

"Chelsi" jamoasining serbiyalik himoyachisi Branislav Ivanovichning hisoblashicha, uning jamoasi inqiroz holatidan chiqmoqda.

Uning fikricha, mavsumni o‘ta omadsiz boshlagan "Chelsi" (jamoa 11 turda 11 ochko to‘plagan holda 15-o‘rinda joylashib turibdi) hali ahvolni o‘nglashga ulguradi.

"Barcha amaldagi chempionlardan doim yuqorida bo‘lishni talab qiladi. Lekin mavsum boshida biz bildirilgan ishonchlarni oqlay olmadik. APLdagi istalgan jamoa kuchlilarni yengib qo‘yishi mumkin. Lekin "Chelsi" futbolchilari mavsum oxirida ham ahvol yomon bo‘lishi haqida o‘ylayotgani yo‘q. Biz hozir faqat keyingi raqib haqida o‘ylayapmiz. Mavsum oxiri haqida o‘ylash uchun hali juda erta. O‘yinimiz yaxshilanib bormoqda. Endi g‘alabalar qayd etishni boshlaymiz", deydi Ivanovich Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

"Chelsi" 12 tur uchrashuvini bugun, 7 noyabr kuni "Stok Siti"ga qarshi o‘tkazadi. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bu uchrashuvda diskvalifikatsiya tufayli ishtirok eta olmaydi.

Top