17:09 / 07.11.2015
3281

Chilida 6,8 balli zilzila qayd etildi

Bugun, 7 noyabr kuni Chili hududida zilzila sodir bo‘ldi.

AQSh geologiya xizmati ma'lumotiga ko‘ra, markazi mamlakat poytaxti Santyago shahridan 295 km masofada bo‘lgan bu zilzila kuchi 6,8 ballga teng bo‘lgan.

Hodisa talofatlari haqida hozircha aniq ma'lumotlar yo‘q.

Biroz oldinroq, Chili qirg‘oqlari yaqinida 5,4 balli zilzila bo‘lib o‘tgandi.

17 sentabr kuni Chilida 8,4 balli zilzila sodir bo‘lib, 13 kishi halok bo‘lgan va 3000 nafardan ortiq kishi jabr chekkandi.

Top