23:32 / 07.11.2015
4423

Jangarilar Halabdagi tarixiy qal'aga kiraverishni portlatib yubordi

Suriyalik jangarilar Halab qal'asi – taixiy obidaning g‘arbiy kiraverishi ostidagi tunnelni portlatib yubordi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Qal'a milodning IX asrida qurilgan. Bu haqda harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda Sputnik agentligining arab tahririyati ma'lum qildi.

Portlash oqibatida inshootga jiddiy zarar yetdi. Portlashdan keyin jangarilar Suriya armiyasi pozitsiyalariga hujum qildi. Janglarda bir nafar suriyalik askar halok bo‘ldi, 3 nafari yaralandi. Jangarilar orasidagi yo‘qotishlar va ularning qaysi guruhga mansubligi ma'lum qilinmagan.

Halab qalasi 944 yildan 957 yilgacha 13 yil davomida qurilgan. Turli davrlarda qal'a mo‘g‘ullar, vizantiyaliklar, arablar, salib yurishi ishtirokchilari va boshqa istilochilar tomonidan nazorat qilingan. Tarixiy obida 1986 yilda YuNeSKOning Butunjahon merosi obektlari ro‘yxatiga “Halabning eski shahri” sifatida kiritilgan edi.

Top