09:10 / 07.11.2015
3693

Neymar: “Men “Real”ning o‘yinlarini tomosha qilishni yoqtirmayman

“Barselona” hujumchisi Neymarning ma'lum qilishicha, u boshqa jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarni tomosha qilishni yoqtirmaydi.

“Men “Barselona”dan tashqari boshqa jamoalarning o‘yinini tomosha qilmayman. Bu menga yoqmaydi.

Gohida do‘stlarim “Real”ning o‘yinlarini tomosha qilib turishadi. Men ularga qo‘shilaman, ozroq tomosha qilaman, so‘ngra ketaman.

Men “Real” ishtirokidagi uchrashuvlarni boshdan-oyoq tomosha qilmaganman. Bu “Santos”ga ham taalluqli. Finallarni va o‘ta muhimlarinigina tomosha qilaman”, – dedi braziliyalik futbolchi.

Top