15:56 / 07.11.2015
6470

Nyu-York markaziga Yangi yil archasi o‘rnatildi

6 noyabr kuni Nyu-York shahri markazidagi Rokfeller-plaza maydoniga Yangi yil archasi o‘rnatildi. Bu vaqtda shahardagi harorat +26 darajani ko‘rsatib turgan edi.

24 balandlikdagi archa daraxti 10 tonna og‘irlikka ega bo‘lib, u shtatning Gardner shaharchasi yaqinidan olib kelingan.

80 yoshli ushbu ulkan archani maydonga o‘rnatish uchun ulkan kran va o‘nlab ishchilar mehnatidan foydalanilgan. Ushbu archani megapolis aholisiga kichikkina o‘rmonga egalik qiladigan Eyzendorflar oilasi sovg‘a qilgan. Oila boshlig‘i, 62 yoshli Albert Eyzendorfning aytishicha, uning ota-onasi Gardnerga ko‘chib kelganida u 4 yoshda bo‘lgan, o‘rmondagi archalarning balandligi esa 2 m edi.

Maydonda bayram kunlarida Swarovski firmasi tomonidan taqdim qilingan, 45 mingta chiroqdan iborat ulkan yulduz porlab turishi ko‘zda tutilgan.

2 dekabr kuni archa chiroqlari yoqilishi marosimi o‘tkaziladi. Ushbu archa atrofida bir necha hafta davomida 2 mln kishi bayram qilish uchun kelishi kutilmoqda. Bu archa 7 yanvar kuni maydonda turadi.

Ma'lumot uchun, Rokfeller-plaza maydoniga archa o‘rnatish an'anasi o‘tgan asrning 30-yillaridan buyon davom etib keladi. 1931 yilda shahardagi ishchilar ilk marta Rokfeller markazi binosi oldida ulkan archa o‘rnatishgandi.

Top