20:41 / 07.11.2015
3140

OAV: falokatga uchragan A321 samolyoti “qora qutilari” samolyot bortida portlash bo‘lgani haqidagi taxminlarni hozircha tasdiqlamayapti

Misrda falokatga uchrgan Rossiya samolyoti “qora qutilari”dan olingan ma'lumotlar hozircha samolyot bortida portlash yuz bergani haqidagi taxminni tasdiqlamayapti, deb xabar bermoqda Misr OAVlariga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda samolyot falokati sabablarini o‘rnatish bilan shug‘ullanayotgan texnik komissiyaga yaqin manba xabar berdi. “Tergov samolyotda portlovchi modda yoki portlovchi qurilma bo‘lganini tasdiqlamadi”, deb aytdi manba.

Top