23:48 / 07.11.2015
3165

Reuters: Bog‘doddagi uchta portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi

Iroq poytaxti Bog‘dodda uchta portlash oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi portlash Bog‘dodning shimolidan 25 km uzoqroqda yuz bergan, unda huquq-tartibot muassasalarining 5 nafar xodimi va bir nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Ikkinchi portlash Bog‘dodning shimoli-g‘arbiy qismida sodir etilib, 2 kishining umriga zomin bo‘ldi, 9 kishining yaralanishiga olib keldi. Uchinchi portlash esa Bog‘dod janubida yuz berdi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, 6 kishi jarohat oldi.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, sentabrda 717 nafar harbiy va fuqaro Iroqdagi zo‘ravonliklar qurbonlari bo‘lgan, 1,2 ming kishi jarohat olgan. Avgust oyida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 1,3 ming va 1,8 ming kishini tashkil qilgan edi.

Top