00:04 / 07.11.2015
6417

Rossiya federal xavfsizlik xizmati Xitoyga yer maydoni ajratganligi to‘g‘risidagi ma'lumotni rad etdi

Rossiya chegara xizmati Ussuriya hududining 4,7 kv. km maydoni Xitoy hududiga o‘tganligi to‘g‘risidagi ma'lumotni inkor etdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“Bu ish sodir bo‘lmadi. Bu qandaydir ahmoqgarchilik. Chegaraning o‘zgarmaganligi aniq”, — dedi Rossiya FXX Primorskiy o‘lkasi chegara boshqarmasi vakili. Uzoqsharq bojxona boshqarmasi vakili ham chegaralarning o‘zgarmaganligini tasdiqladi.

Avvalroq China Daily gazetasi Rossiya Xitoyga Ussuriya hududidan 4,7 kv. km maydon ajratganini, bu yangi hudud Xitoyning shimoli-sharqidagi Girin provinsiyasiga qo‘shilganini yozganligi ma'lum qilingan edi.

Top