18:34 / 07.11.2015
7641

Toshkentdagi “Avayxon” jome masjidi ta'mirdan chiqarildi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-6 mavzesi, Qorasuvbo‘yi ko‘chasida joylashgan “Avayxon” jome masjidi ta'mirdan chiqarildi. 

2014 yilning iyun oyida boshlangan qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlanib, joriy yilning 6 noyabr sanasida masjid tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

"Muxlis.uz" nashri xabariga ko‘ra, ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idarasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, masjid jamoasi, mahalla ahli va namozxonlar ishtirok etdi.

Marosimida ishtirok etgan muftiy fayzli ibodat uyi bilan muborakbod etib, yurtimizdgai tinchlik, farovonlik sabab bugun ibodat uylari ana shunday qayta chiroy ochib, obod bo‘lib borayotganligini ta'kidlashdi.

Shuningdek, muftiy hazratlari, 500 nafar namozxonni sig‘dira oladigan katta xonaqoning arxitekturasi hamda nozik did bilan to‘shalgan gilamlariga yuksak baho berishdi.

Top