09:37 / 07.11.2015
3576

Toshkentdagi Xalqaro investitsiya forumida 12,4 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda Xalqaro investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Forumda dunyoning 33 davlati firma va kompaniyalarining 560 vakili, investitsiya fondlari va banklar, shuningdek, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa yetakchi xalqaro iqtisodiy hamda moliya institutlari vakillari, olimlar, ekspertlar ishtirok etdi.

Xalqaro anjuman doirasida umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik 104 ta bitim va memorandum imzolandi.

Forum yakunida jurnalistlar uchun brifing bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro anjuman doirasida umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik 104ta bitim va memorandum imzolangani e'lon qilindi.

Shuningdek, boshqa yangi investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani ham qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq forum vaqtida Moliya vaziri Rustam Azimov tomonidan O‘zbekiston 2015-2020 yillarda yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishini 8 foiz darajasida saqlab qolish niyatida ekanligi ma'lum qilingan edi.

Top