18:36 / 07.11.2015
5507

Turkiya aeroportidagi farrosh topib olgan 24,5 ming yevrosini qaytib berdi

Istambulning Otaturk nomli xalqaro aeroporti farroshi Emrax Evrensel aeroport ma'muriyatiga VIP-hududning yuvinish xonasidan topib olgan 24,5 ming yevroni opshirdi.
“Men pullarni o‘zimga olib qolishim mumkin edi... Bu haqida o‘yladim, ammo yaxshirog‘ini tanladim”, — dedi Evrensel.

Pullari yo‘qolganligi haqida aeroport ma'muriyatiga murojaat qilgan pulning egasi, pullar uniki ekanligini isbot qilgach, ularga ega bo‘ldi.

TAV xoldingi menejiri Kamol Unlyu Evrenselni mukofotladi va unga “yaxshi fazilat va toza vijdon” sohibi sifatida faxriy yorliq topshirdi. Eslatib o‘tish kerakki, farroshning maoshi 1000 turk lirasini (350 dollar atrofida) tashkil etadi.

Top