08:42 / 07.11.2015
2636

WSJ: Germaniya suriyalik qochqinlarga mamlakatga oilalarini ham olib kelishni taqiqlamoqchi

Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer Suriyadan keluvchi bo‘lajak qochqinlarga to‘la ma'noda qochqin statusi berilmasligini hamda ular yaqin ikki yil ichida o‘z qarindoshlarini Germaniyaga olib kelishlari mumkin emasligini tasdiqlovchi maxsus qaror kuchga kirishi mumkinligini aytib o‘tdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

“Boshqa davlatlar biz hozir qochqinlarga ko‘rsatayotgan yordamlardan farqli o‘laroq faqat chegaralangan yordam ko‘rsatishmoqda”, — dedi u. Mezerning ta'kidlashicha, to‘liq ma'noda qochqin maqomini olganlargagina chegarasiz qo‘shimcha yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Nashrning ma'lum qilishicha vazirlikda de Mezerning ko‘rsatmasi uzoq muhokama qilingan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hukumat hozircha qabul qilingan rejalar asosida ish olib boradi. Ta'kidlanishicha, barcha o‘zgarishlar yakuniy qaror qabul qilingunga qadar davom etadi.

Top