22:42 / 07.11.2015
2945

Xitoy Tayvanning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankiga a'zo bo‘lishini ma'qulladi

Xitoy Tayvanning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankiga a'zo bo‘lishini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Xitoyning Tayvan ishlari bo‘yicha devonxonasi boshlig‘i Chjan Chjitszyunga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Chjitszyunning aytishicha, Xitoy rahbari Si Tszinpin Tayvanning Ipak yo‘li iqtisodiy kamari qurilishida ishtirokini ham yuqori baholadi.

Xitoy rahbari Si Tszinpin va Tayvan ma'muriyati boshlig‘i Ma Intszyu bugun, 7 noyabrda Singapurda uchrashdilar.

Avvalroq Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki davlatlarga kredit berishni boshlashi ma'lum qilingandi.

Xitoyga ushbu bankning eng katta ulushi (26,06 foiz) tegishli bo‘lib, Xitoy unga 29,8 mlrd dollar sarmoya qilgan. Bankning 5 ta yirik aksiyadorlari orasiga Hindiston, Rossiya, Germaniya va Janubiy Koreya kiradi.

Top