20:35 / 08.11.2015
2936

“Astana” ikkinchi yil ketma-ket Qozog‘iston chempioni bo‘ldi

“Astana” futbol jamoasi Qozog‘iston Premer-Ligasida navbatdagi chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.

Chempionatning oxirgi 32-turida ostonaliklar o‘z maydonlarida “Aktobe” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida hakam “Aktobe”ning zaxiradan o‘yinga tushgan hujumchisi Sergey Xijnichenkoni maydondan chetlatdi. Va shundan 3 daqiqa o‘tib, ya'ni 88-daqiqada maydon egalari hujumchisi Junior Kabananga raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Bu gol “Astana”ga ketma-ket ikkinchi bor chempionatdagi g‘oliblikni olib keldi.

«Astana» — «Aktobe» 1:0 (0:0)
Gol: Kabananga 87 (1:0)

Top