22:02 / 08.11.2015
7456

Afg‘onistonda IShID va “Tolibon” o‘rtasidagi janglarda 50 dan ko‘proq jangari o‘ldirildi

Afg‘onistonning janubida IShID va “Tolibon” o‘rtasidagi janglarda 50 dan ko‘proq jangari o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Pajhwok agentligi.

“Ma'lumotlarimizga ko‘ra, IShIDning 48 a'zosi va “Tolibon” harakatining 8 a'zosi o‘zaro jang paytida o‘ldirilgan”, deb aytdi politsiya boshlig‘i, polkovnik G‘ulom Jiloni Farahiy.

Avvalroq Afg‘oniston va Pokistondagi jangarilar yetakchilari IShIDga vafodorlikka qasamyod keltirishgani ma'lum qilingandi. Ular orasida “O‘zbekiston islom harakati” terrorchilik harakati yetakchisi Usmon G‘oziy, “Hizb ut-Tahrir”, “Tolibon” va “Lashkar-a-jangvi” jangarilari bor.

Top