10:31 / 08.11.2015
2753

Buxarestdagi tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 41 kishiga yetdi

Buxarestdagi tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda Mediafax nashri xabar bermoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat kotibi Rayed Arofatning ta'kidlashicha, 7 kishi Buxarestdagi, 2 kishi Niderlandiyadagi shifoxonalardan olamdan o‘tgan.

Ilgariroq Ruminiya poytaxtidagi Colectiv tungi klubidagi yong‘in oqibatida 38 kishi halok bo‘lgani aytilgan edi. Mushakbozlik oqibatida kelib chiqqan yong‘in tufayli ko‘chaga otilgan odamlar bittagina eshik orqali chiqishga intilgan. Buning natijasida ko‘plab odamlar oyoqosti bo‘ldi. Jarohatlangan 146 kishidan 80 kishi og‘ir ahvolda.

Top