21:34 / 08.11.2015
3163

Buyuk Britaniya TIV: IShID harakat qilayotgan davlatlarda xavfsizlik choralari taftish qilinishi kerak

Agar Misrda falokatga uchragan samolyotda bomba portlagan bo‘lib chiqsa, IShIDga qarshi janglar olib borilayotgan davlatlar aeroportlari xavfsizlik choralari qayta ko‘rib chiqilishi kerak bo‘ladi. Bunday fikrni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond bildirdi.

“Agar IShID a'zosi yoki uning ta'sirida bo‘lgan biror odam bomba qo‘ygani aniqlansa, unda biz IShID faol bo‘lgan hududlar aeroportlarida biz ko‘rishni istaydigan xavfsizlik darajasiga yangicha qarashimizga to‘g‘ri keladi. Biz Buyuk Britaniyada agar imkonlari bo‘lganda, samolyot bortiga portlovchi modda olib o‘tmoqchi bo‘lishdan xursand bo‘ladigan odamlar borligini bilamiz”, deb aytd Xammond.

Shu bilan birga, Xammondning aytishicha, britaniyalik aviatsiya mutaxassislari muntazam ravishda xalqaro aeroportlarni tekshirib boradilar. Uning aytishicha, xavf darajasi ancha yuqori bo‘lgan davlatlarda sayyohlar xavfsizligining alohida choralari qabul qilinishi kerak. Xammondning qo‘shimcha qilishicha, bunday choralar “qo‘shimcha xarajatlarni bildiradi, tekshiruvdan o‘tkazish punktlarida ko‘proq ushlanishlarga olib kelishi mumkin”.

Top