01:20 / 08.11.2015
4001

Germaniya bundesligasi, 12-tur: “Bavariya” “Shtutgart”ni tor-mor etdi, “Volfsburg” “Maynts”ga yuqazdi

Germaniya bundesligasining 12-turida “Bavariya” futbolchilari “Shtutgart”ni 4:0 hisobida o‘z maydonida mag‘lub etdi. Gollarni Aren Robben, Duglas Kosta, Robert Levandovski va Tomas Myuller kiritdi. “Bavariya” 36 ta maksimal ochkodan 34 ochko yig‘ib, o‘zining musobaqa jadvalidagi yetakchiligini yanada mustahamlab oldi.

Germaniya bundesligasi. 12- tur
Bavariya – Shtutgart – 4:0
Gollar: Robben, 11 (1:0); Kosta, 18 (2:0); Levandovski, 37 (3:0); Myuller, 40 (4:0).

Yana bir markaziy uchrashuvlardan birida “Volfsburg” mehmonda “Maynts”ga kamchilik bo‘lib 2:0 hisobida yutqazdi. Uchrashuvning 13-daqiqasida “bo‘rilar” o‘yinchisi Yulian Draksler maydondan chetlatildi. “Bo‘rilar” mag‘lubiyatga qaramasdan, 3-o‘rinni saqlab qoldilar.

Maynts – Volfsburg – 2:0
Gollar: de Blasis, 31 (1:0); Malli, 75 (2:0).
Chetlatish: Draksler, 13 (Volfsburg)

Turdan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd qilindi:

Borussiya M (Myonxengladbax) – Ingolshtadt 04 (Ingolshtadt) – 0:0

Bayyer – Kyoln – 1:2
Gollar: Marox, 17 (0:1); Ernandes, 33 (1:1); Marox, 72 (1:2).
Chetlatish: Papadopulos, 53 (Bayyer).

Xoffenxaym – Ayntraxt F – 0:0

Top