10:22 / 08.11.2015
3377

Kemeron Britaniya YeIdan chiqishi mumkinligini aytdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakat Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi mumkinligini aytib o‘tdi. The Guardian nashrining yozishicha, agar Bryussel Londonning a'zolik shartlariga ko‘nmasa, bu sodir bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas.

“Agar biz bunday kelishuvga erisha olmasak, Buyuk Britaniyaning xavotirlariga e'tibor qaratilmasa, bunaqa bo‘lmaydi deb umid qilaman, YeI biz uchun yaxshi tanlovmi, yo‘qmi, degan savol ustida o‘ylab ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi. Ilgari aytganimdek, men hech narsani hisobdan chiqarmayman”, - bayon qildi bosh vazir.

Shu bilan birga, Kemeron vaziyatni keskinlashtirish niyati yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi.

Top