10:19 / 08.11.2015
3561

Kennedi limuzinining raqami 100 ming dollarga sotildi

Texas shtatidagi Dallas shahrida bo‘lib o‘tgan kim oshdi savdosi chog‘ida AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi o‘limi kuni o‘tirgan limuzinning raqamlari 100 ming dollarga sotildi. Bu haqda WFAA xabar bermoqda.

Lotning boshlang‘ich narxi 40 ming dollarni tashkil qildi. Orqa va oldingi raqamlar komplekti GG-300 axiyri 100 ming dollarga nomini oshkor qilishni istamagan shaxs tomonidan sotib olindi. Aytilishicha, u Kennedi oilasi bilan bog‘liq narsalarni to‘plab boradi.

Heritage Auctions savdo uyi vakillarining xabar qilishicha, prezident limuzini Ford kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, dizayni esa Hess & Eisenhardt kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Top