10:04 / 08.11.2015
2846

Lennonning gitarasi 2.5 mln dollarga sotildi

The Beatles rok-guruhining mashhur ishtirokchisi Jon Lennonga tegishli J-160E Gibson akustik gitarasi Beverli-Xillzda tashkil qilingan kim oshdi savdosida 2.41 mln dollarga sotildi. Bu haqda Kaliforniyaning Julien's Auctions savdo uyining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
Gitara uzoq vaqt yo‘qolgan deb hisoblanardi. Afsonaviy musiqachi undan “Love me do”, “Please, please me” va “I want to hold your hand” qo‘shiqlarini yaratishda foydalangan. Uning dastlabki narxi 300 ming bo‘lib, mutaxassislar bu ko‘rsatkich 800 ming dollargacha ko‘tarilishini kutayotgan edi.
Cholg‘u asbobi kim oshdi savdolari tarixidagi eng qimmat gitaraga aylandi. 2013 yilda boshqa rok-ijrochi – Bob Dilanning gitarasi 965 ming dollarga sotilib, rekord o‘rnatgan edi.

Top