15:33 / 08.11.2015
7521

OTB O‘zbekiston-Afg‘oniston-Eron temir yo‘lini qurib bitirishni taklif qildi

Osiyo taraqqiyot banki bosh direktori Xuan Miranda Toshkent, Ashxobod, Kobul va Tehronga O‘zbekiston-Afg‘oniston-Eron temir yo‘li qurilishini birgalikda bitirishni taklif qildi.

Toshkentdagi xalqaro investitsion forumidagi chiqishida Miranda ushbu temir yo‘lning qurilishi muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlab o‘tdi.
“Bugun ushbu mamlakatlarni birlashtiruvchi temir yo‘l tarmog‘ini qurib bitirish ehtiyoji tug‘ildi, - e'tirof etdi u. – U boshlanib, ayrim sabablarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan edi. Bu O‘zbekiston tovarlariga hamda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilarga Eronning Bandar Abbos portiga yo‘l ochadi, o‘z mahsulotlarini dunyoning ularga talab bor har qanday yeriga yetkazish imkoniyatini tug‘diradi. Shu bois bu ishni moliyaviy institutlar, masalan, OTB yordamida davom ettirish zarur”.

Top