16:54 / 08.11.2015
6310

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2006 yil 12 sentabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari bayrami sifatida keng nishonlanadi. 

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida 7 noyabr kuni ushbu sanaga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat, jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, shifokorlar ishtirok etdi. 

Sog‘liqni saqlash tizimida erishilayotgan ulkan yutuqlar xalqaro miqyosda keng e'tirof etilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning "Sog‘lom ona – sog‘lom bola" milliy modeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tavsiya etilgani bunga yorqin misoldir.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot xodimlarining kasb malaka va mahoratini oshirish, sohada erishilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish borasida qator loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Qishloq vrachlik punktlari, onalik va bolalikni muhofazalashga ixtisoslashgan shifoxonalar, sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, shifokorlar va hamshiralar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turli tanlovlar shular jumlasidan. 

Tadbirda ushbu tanlovlarning 2015 yildagi g‘oliblari e'lon qilindi

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlariga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

Bayram tadbirida taniqli san'atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida konsert namoyish etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.Bositxonova so‘zga chiqdi. 

Top