17:41 / 09.11.2015
3114

“Marslik” Ridli Skottning eng kassabop filmiga aylandi

Rejissyor Ridli Skottning “Marslik” kinofilmi uning eng kassabop filmiga aylanib, AQSh prokatida o‘tgan hafta 9.3 mln dollar ishladi va uchinchi o‘rinni qozondi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri yozmoqda.

AQShda film jami 197.1 mln dollar to‘play oldi. Shu tariqa, u Skottning ilgarigi rekordidan – “Gladiator” (187.7 mln dollar) filmidan o‘zib ketdi.
Xalqaro prokatda “Marslik” 458.5 mln dollar to‘pladi.

AQSh prokatida o‘tgan hafta birinchi o‘rinni Jyeyms Bond turkumining navbatdagi filmi “Spektr” 73 mln dollar bilan egalladi. U “007” franshizaning bu boradagi ikkinchi natijasini qayd qildi: “Skayfoll” koordinatalari” (2012) 88.4 mln dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi.

Top