17:28 / 09.11.2015
2743

Britaniyalik haydovchi tezlikni oshirgani uchun 2 yilga qamaldi

Buyuk Britaniyada yashovchi avtomobil egasi tezlikni taqiqlangan hududda tezlikni me'yoridan oshirgani uchun sudlandi va unga 2 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar qilgan.

Nashrning ma'lum qilishicha, Nortgempton politsiyasi 42 yoshli haydovchi Shon Devisning mobil telefonidan u o‘z mashinasini soatiga 192 mil tezlikda (soatiga 309 km) boshqargani aks etgan videoyozuvni topishgan.

Qoidabuzar o‘z aybini tan olgan va o‘zi tomonidan boshqa haydovchilar hamda piyodalar hayotiga tahdid qilinganiga iqror bo‘lgan.

Unga nisbatan 24 oylik qamoq jazosi belgilangan hamda u 10 yilga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etilgan.

Top