08:25 / 09.11.2015
2292

Buxarestdagi klubda chiqqan yong‘in qurbonlari soni 45 nafarga yetdi

Buxarestdagi Colectiv klubida chiqqan yong‘in qurbonlari soni 45 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

8 noyabrda klubda yong‘in chiqqan kuni konsert bergan guruh barabanchisi Bogdan Enake jon berdi.

Ruminiya IIVda ma'lum qilinishicha, Enake kuyish jarohatlarini davolash maqsadida Shveytsariyaga olib ketilayotganda samolyotda unda yurak-nafas yetishmovchiligi boshlangan. Shu sabab orqaga qaytishga majbur bo‘lgan samolyot Ruminiyada qo‘nishi bilan musiqachi hayotdan ko‘z yumgan.

Top