22:35 / 09.11.2015
5927

Dmitriy Medvedev: terakt versiyasi A321 samolyotining aviafalokatiga sabab sifatida qaralmoqda

Terakt versiyasi Misrda A321 samolyotining aviafalokatiga sabab sifatida qaralmoqda, deb aytdi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

“Terakt versiyasi bo‘lib o‘tgan falokatning sababi sifatida saqlanib qolmoqda”, deb aytdi Medvedev.

Medvedevning ta'kidlashicha, falokat sabablari haqidagi masalaning ko‘rilishi hamon davom etmoqda.

Avvalroq Buyuk Britaniya Rossiyaga A321 samolyotida terakt amalga oshirilgani ehtimoli haqida razvedka ma'lumotlarini topshirgandi.

Top