18:41 / 09.11.2015
3930

FSB binosiga Pavlenskiy yoqib yuborgan eshik o‘rniga temir eshik o‘rnatildi

Moskva markazida, Lubyankada Federal xavfsizlik byurosi (FSB) binosi eshigi rossiyalik rassom Pyotr Pavlenskiy tomonidan yoqib yuborilganidan keyin binoga temir qoplamali yangi eshik o‘rnatildi.

"Yangi qalqon" o‘rnatilayotgan jarayon tasviri ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.
Bundan oldinroq peterburglik rassom-aktsionist Pyotr Pavlenskiy FSB binosi eshigiga o‘t qo‘yib yuborgani xabar qilingandi.

Pavlenskiy tez orada qo‘lga olingan, unga nisbatan bezorilik bo‘yicha ish ochilgan.

Top