19:51 / 09.11.2015
5748

KUN.UZ dayjesti: 9 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 9 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Yangi Zelandiyadagi birinchi mushuklar kafesi xitga aylandi>>

Yangi Zelandiyaning Oklend shahridagi The Cat Lounge kafesi mavsus xitiga aylandi, deb xabar beradi Stuff.co.nz. Mamlakatda ochilgan bu turdagi birinchi muassasa asoschilari Mayk Jons va Viki Chepmenlar erishilgan muvaffaqiyatdan o‘zlari ham taajjubda ekanliklarini tan oldilar.

Milner va Tsukerberg olimlarga 22 mln dollar berishadi>>

Rossiyalik biznesmen Yuriy Milner asos solgan nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan olimlar 2015 yilda 22 mln dollar oladi. Breakthrough Prize 2012 yilda tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik Facebook asoschisi Mark Tsukerberg tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

Robin Uilyamsning so‘nggi tilagi “Alovuddin”ni remeyk qilishni taqiqlaydi>>

Disney studiyasi taniqli artist Robin Uilyamsning vafotidan so‘ng 25 yil davomida “Alovuddin” animatsion filmining davomini va spin-offini suratga ololmaydi. Bu haqda The New York Post nashri yozmoqda.

Xitoyda havo ifloslanishi rekord darajaga yetib bordi>>

Xitoyning ayrim hududlarida bugungi kunga kelib havo ifloslanishi darajasi me'yoridan 56 barobarga oshib ketgan. 

Moskvalik rassom FSB eshigini yoqib yubordi>>

Rossiyalik rassom-aktsionist Pyotr Pavlenskiy Moskva markazida, Lubyankada Federal xavfsizlik byurosi (FSB) binosi eshigini yoqib yubordi. Voqea aks etgan videolavha internetga joylashtirildi.

Budapeshtlik xaridor 1 mln yevrolik LaFerrari`ni xarid qilib, bir necha daqiqa ichida uni urib oldi>>

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida istiqomat qiluvchi kishi yangi sotib olgan LaFerrari rusumli mashinasida xarididan bir necha daqiqa o‘tiboq, avariyaga uchradi.

Olti millioninchi qirg‘izistonlik 26 noyabr kuni tug‘ilishi kutilmoqda>>

6 millioninchi qirg‘izistonlik shu yilning 26 noyabr kunida dunyoga kelishi kutilmoqda. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Angliyadagi tungi klub oldida 20 yoshli yigitning qo‘lini kesib ketishdi>>

Angliyaning janubiy-sharqida joylashgan Louton shahrida (Esseks grafligi) niqobli bosqchinchilar 20 yoshli yigitga hujum uyushtirishdi, deb yozadi The Independent.

Finlyandiyada bir guruh musulmon qochqinlarga cho‘chqachilik markazidan boshpana berildi>>

Finlyandiyaning Xyuvinkya shahrida (Xelsinki yaqinida) sobiq cho‘chqachilik ilmiy-tadqiqot markazining binosida musulmon qochqinlarni joylashtirish markazi tashkil etildi. Bu haqda Iltalehti nashri yozmoqda.

Avstraliyada "dunyoning eng qari ko‘ppagi" yashamoqda>>

Avstraliyaning Viktoriya shtatida "dunyoning eng qari ko‘ppagi" yashayotgani aniqlandi. Bu haqda Metro nashri ma'lum qilgan.

Britaniyalik haydovchi tezlikni oshirgani uchun 2 yilga qamaldi>>

Buyuk Britaniyada yashovchi avtomobil egasi tezlikni taqiqlangan hududda tezlikni me'yoridan oshirgani uchun sudlandi va unga 2 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar qilgan.

9 yoshli hind mobil ilovalar ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari bo‘lib ishlamoqda>>

Hindistonda tug‘ilgan, biroq hozirda AQShning Ostin shahrida istiqomat qilayotgan uchinchi sinf o‘quvchisi Ruben Pol o‘zining 9 yoshida mobil qurilmalar uchun ilova dasturlar ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari sifatida kiberxavfsizlik bo‘yicha tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etdi, deb yozadi The Times of India.

Salam Mobile ilovasi 2015 yilning eng yaxshi islom loyihalari reytingida>>

Islamica 500 nashriyoti yaqin kunlarda 2015 yilning eng yaxshi islom loyihalari reytingini e'lon qiladi. Islamica 500, bu – mustaqil manba bo‘lib, yirik media-gigantlar bilan hamkorlik olib boradi.

“Sport” telekanalida “Sokker klub” ko‘rsatuvining takrori efirdan olib tashlandi>>

31 oktabr kuni “Sport” telekanali orqali “Sokker klub” ko‘rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatilishi va u kelishilgan o‘yinlarga bag‘ishlanishi haqida ma'lum qilgandik.

Maggi lapshalari "cho‘chqa go‘shti mojarosi" tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan yarim yil o‘tib, yana Hindiston bozoriga qaytdi>>

Nestle kompaniyasi Hindistonda deyarli yarim yillik tanaffusdan keyin yana Maggi lapsha mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘ydi.

O‘zbekistonlik xonanda "Glavnaya stsena" loyihasida ishtirok etdi>>

O‘zbekistonning iste'dodli xonandalaridan biri bo‘lgan Jasur Mirsagatov “Glavnaya stsena” loyihasining 2-mavsumida ishtirok etdi. Xonanda tanlovda “Juliya-Juliya” hamda "Kartochnyy domik" qo‘shiqlari bilan qatnashdi.

O‘zbek kinosiga nazar: Kun.uz muxbiridan “Ajal jodusi” filmiga taqriz>>

Oxirgi paytlarda matbuotda, internet nashrlarida “xususiy filmlar”ni “davlat filmlari”ga qarshi qo‘yish, birinchisini qayta-qayta tanqid ostiga olish barobarida, “jiddiy” filmlar tomoshabinga ko‘proq foyda keltirishini bir ovozdan takrorlash urf bo‘lib qoldi.

Gulsanam Mamazoitova: Kontsert sifatini uning sonini ko‘paytirib, yo‘qotishni istamayman>>

Gulsanam Mamazoitova Ulug‘bek Rahmatullayev konsertiga tashrif buyurgan vaqtda jurnalist bilan gaplashdi va o‘z ijodidagi so‘nggi yangiliklari haqida ma'lumot berdi.

Ozodbek Nazarbekov Lutfiy g‘azallarini ham qo‘shiq qilmoqchi>>

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov mumtoz shoir Mavlono Lutfiyning g‘azallarini qo‘shiq qilib kuylamoqchi.

Indi Koui - to‘p bilan muomala qilishda dunyodagi eng mohir jonglyor qiz>>

Sports.ru saytidagi «Korol i Shut» blogi muallifi o‘z muxlislarini ajoyib mahorat egasi, "dunyodagi eng mahoratli fintyor qiz" Indi Koui bilan tanishtirdi.

Serxio Ramos: Qabrim ustiga «Real» va «Sevilya» bayroqlarini yopishsin>>

Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 11-turida "Sevilya"ga qarshi kechgan bahsda mahalliy muxlislar o‘ziga qarata hushtak chalishganini og‘ir qabul qilganini bildirdi.

Top