08:10 / 09.11.2015
3421

Misrda mash'um A321 samolyotidagi sayyohlar to‘xtagan mehmonxonalar xodimlari tekshirilmoqda

Misr huquq-tartibot muassasalari 31 oktabrda falokatga uchragan A321 samolyoti bilan uchgan sayyohlar to‘xtagan mehmonxonalar xodimlari haqida ma'lumotlar yig‘ishni boshladilar, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Xususan, o‘z xizmat vazifasi bilan sayyohlar yashagan xonalarga kira olgan xodimlar, jumladan xonalarni tozalovchi va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sinchkovlik bilan tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Misr prokuraturasi ayni paytda Sharm-al-Shayx aeroportining 30 xodimi, jumladan ma'muriyat ishchilarini so‘roq qildi. Shuningdek, havo harakati va navigatsiya boshqarmasi, texnik xizmat ko‘rsatuvchi xizmatlar xodimlar va EgyptAir aviakompaniyasi vakillari so‘roq qilindi.    

Top