14:32 / 09.11.2015
4569

Moskvalik rassom FSB eshigini yoqib yubordi

Rossiyalik rassom-aktsionist Pyotr Pavlenskiy Moskva markazida, Lubyankada Federal xavfsizlik byurosi (FSB) binosi eshigini yoqib yubordi. Voqea aks etgan videolavha internetga joylashtirildi.

Kadrlarda Pavlenskiyning mamnun qiyofa bilan yonayotgan eshik oldida turgani aks etgan.
“Dojd” telekanalining voqea joyida bo‘lgan muxbiri Vladimir Romenskiyning yetkazishicha, 9 noyabr kuni, tungi soat 2:00da Pavlenskiy eshikka kanistrdan benzin quyib, unga o‘t qo‘yib yuborgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari Pavlenkoni ham, jurnalistlar Romenskiy va Nigina Beroyevani ham qo‘lga olishgan.

Birozdan so‘ng jurnalistlar qo‘yib yuborilgan.

Top