10:42 / 09.11.2015
3340

Netanyaxu Isroilga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishlarini so‘rash uchun AQShga parvoz qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShga parvoz qildi. Uning kun tartibidan AQSh prezidenti Barak Obama bilan Amerikaning Isroil davlatiga yaqin o‘n yillikda ham harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish masalasini muhokama qilish o‘rin olgan.

Har ikki yetakchi Eron atom muammosini hal etishga qaratilgan urinishlardan so‘ng yuzaga kelib, uzoq davom etgan qarama-qarshiliklardan keyin ilk bor uchrashishmoqda. Netanyaxu Tehron bilan imzolangan yadroviy shartnomani “tarixiy xato” deb, Obamaga nisbatan o‘z noroziligini AQSh kongressidagi muxolifat bilan ishlagan holda qarshi kurash orqali namoyon etgan edi.

Ayni paytda Isroil Amerikadan yiliga uch milliard dollardan ziyodroq hajmda harbiy yordam oladi. Tuzilgan shartnoma muddati esa 2017 yilda yakuniga yetadi. Ayrim OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Isroil Eron bilan tuzilgan yadro dasturi bo‘yicha shartnoma uchun kafolat tarzida kelgusi 10 yillik uchun taqdim etiladigan harbiy yordam miqdorini yiliga besh millard dollarga qadar oshirishga erishmoqchi.

Shu maqsadda Vashingtonga ega bo‘lishni istagan qurol-yarog‘lar ro‘yxatini allaqachon taqdim etgan. "Yediot Axronot" nashrining ma'lum qilishicha, mazkur ro‘yxatdan F-15 qiruvchilari, V-22 konvertoplanlari, vertolyotlar, havoda yonilg‘i quyuvchi yangi samolyot, yuqori aniqlikdagi harbiy aslahalar va raketa hujumidan mudofaa tizimlari ishlanmasi uchun vositalar o‘rin olgan.

Top