10:39 / 09.11.2015
2934

Nigeriya o‘z tarixida 5-marta yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

Nigeriya U-17 terma jamoasi Chilida yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida Mali termasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, “yashil burgutlar” o‘z tarixlarida 5-marta chempionlikka erishishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur JChga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagandi.

JCh-2015 (U-17). Final
Mali U-17 – Nigeriya U-17 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 56 Osimxen, 0:2 – 59 Bamgboyye.
Mali U-17 – Diarra, Fofana, Dante, Bagayoko, Maiga (Keyta, 70), Edara, Sangare, Diakite (Edara, 60), Malle, Koyta (Diarra, 75), Traore.
Nigeriya U-17 – Udo, Ikvu, Lukman, Djon, Anumudu, Chukvueze (Okvonkvo, 80), Nvakali, Enogela, Bamgboyye (Alimi, 90), Ebere (Madueke, 46), Osimxen.
Ogohlantirish: Enogela (37).

Top