21:21 / 09.11.2015
17551

O‘zbekiston oltin valyuta zaxiralari hajmi 24-25 mlrd dollarga yetgan

Oxirgi 10 yil ichida O‘zbekiston o‘zining oltin zaxiralari hajmini oshirdi va yalpi tashqi qarzi qiymatini kamaytirdi. Bu haqda respublika moliya vazirligi vakiliga asoslangan holda "Sputnik" nashri xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda oltin zaxiralari hajmi 2 yillik import qiymatiga teng, tashqi qarz esa YaIMning 16 foizini tashkil qilmoqda. Shundan 8 foizi davlat qarzini tashkil qilib, unga xizmat ko‘rsatish uchun byudjyet xarajatlarining 1 foizdan kam qismi ishlatilmoqda.

O‘zbekistonning keyingi 10 yildagi importi ko‘rsatilgan (CIA manbasi) manbaga ko‘ra, 2014 yil ma'lumotida O‘zbekistonning import hajmi 12,3 mlrd dollarni tashkil qilgan. Shunga asoslangan holda O‘zbekiston oltin valyuta zaxiralarini 24-25 mlrd AQSh dollariga yetgan, deb hisoblash mumkin.

"Bunday ko‘rsatkichlar, respublikaning ehtiyotkorona va chuqur uylangan tashqi qarz olish siyosati evaziga erishilgan. Ushbu siyosat 3 tamoyildan tashkil topgan", deyiladi xabarda.

“Birinchidan, O‘zbekiston iste'mol kreditlari olmaydi, ya'ni yeyish uchun pul qarz olmaydi. Ikkinchidan, agar to‘liq va o‘z vaqtida qaytarib berishga ishonch bo‘lmasa — qarz olinmaydi. Uchinchidan, kreditlar faqat asosiy, sanoat va ijtimoiy infraqurilmalarni rivojlantirish va iqtisoddagi strategik masalarlarni hal qilish uchun sarmoya sifatida jalb qilinadi”, — deydi Moliya vazirligi mutaxassisi.

"O‘zbekiston siyosatining yana bir mohiyati shundaki, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohasidan tashqari, davlat tomonidan jalb qilingan kreditlarning barchasi o‘zini qoplash uchun kerak bo‘ladigan pul mablag‘larini o‘zi yaratadi.

Undan tashqari, ko‘p yillar davomida O‘zbekiston byudjyeti uch yoqlama profitsit bilan yopilmoqda. Avvalambor bu davlat byudjyeti profitsiti, joriy hisob profitsiti va to‘lov balansi profitsiti. To‘lov balansi profitsiti, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyoti fondiga aylantirilgan edi", deyilgan xabarda.

Ma'lumot uchun, 2014 yildan beri respublikaning ichki qarzi nolga teng, kapital va aktivlari har yili 30 foizga o‘smoqda. Respublika banklari kredit portfelida moliya hajmi 70 foizni tashkil qilmoqda.

Top