00:49 / 09.11.2015
2973

Putin turoperatorlarga Misrga yo‘llanmalar sotishdan tiyilishni tavsiya qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turoperatorlarga Misrga yo‘llanmalar sotishdan tiyilish tavsiya qilingan farmonni imzoladi.

“Turoperator va turagentlarga farmonning 1-bandida belgilangan taqiqlovning amal qilish vaqtida Rossiya fuqarolariga Misr Arab Respublikasiga parvozlarni (shu jumladan tijorat parvozlari) ko‘zda tutuvchi sayyohlik mahsuloti sotishdan tiyilish tavsiya qilinsin”, deyilmoqda farmonda.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya hukumatiga Misr bilan aviaaloqaning to‘xtatilishi sababli ziyon ko‘rgan turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar tayyorlash vazifasini topshirgani ma'lum qilingandi.

Top