17:24 / 09.11.2015
3061

Robin Uilyamsning so‘nggi tilagi “Alovuddin”ni remeyk qilishni taqiqlaydi

Disney studiyasi taniqli artist Robin Uilyamsning vafotidan so‘ng 25 yil davomida “Alovuddin” animatsion filmining davomini va spin-offini suratga ololmaydi. Bu haqda The New York Post nashri yozmoqda.

Animatsion film 1992 yili prokatga chiqqan edi. 1991 yili Uilyams tomonidan Jinn uchun yozilgan material filmning uchinchi sikvelini yozish uchun yetarlidir. Ammo studiya hamda Uilyams o‘rtasida tuzilgan shartnoma, shuningdek, marhum aktyorning vasiyati hali yana 24 yil davomida film olish imkonini bermaydi.

Amerikalik mashhur aktyor, “Oskar” mukofoti sovrindori Robin Uilyams 2014 yilning 11 avgust kuni 63 yoshida o‘z joniga qasd qilgan edi.

Top