11:13 / 09.11.2015
3134

Salam Mobile ilovasi 2015 yilning eng yaxshi islom loyihalari reytingida

Islamica 500 nashriyoti yaqin kunlarda 2015 yilning eng yaxshi islom loyihalari reytingini e'lon qiladi, deya xabar bermoqda Muxlis.uz portali. Islamica 500, bu – mustaqil manba bo‘lib, yirik media-gigantlar bilan hamkorlik olib boradi.

Bir necha mutaxassis va ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni birlashtirgan tashkilot islom iqtisodiyoti va xos-industriya rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Makur reytingga Salam Mobile mobil ilovasi ham kiritildi.

Salam Mobile – har bir musulmon uchun yaxshi yordamchi: muhim va qiziqarli xabarlar, xos do‘konlar va kafelar navigatori, ibodat jadvali, Qibla yo‘nalishi kabi zaruriy ma'lumotlar mavjud.
Salam Mobile ilovasini Google Play va App Store`dan yuklab olish mumkin.

Top